“Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta`minladi

21.07.2025 18:31

Bu haqda O`zbekiston Milliy matbuot markazida bankning joriy yil o`tgan davridagi faoliyati amaliy natijalariga bag`ishlab o`tkazilgan brifingda Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ma`lum qildi.
 


Joriy yilning 1 iyul holatiga, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning kredit qo`yilmalari   23 trln. 447 mlrd. 298 mln. so`mga etdi. Bu borada o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2 trln. 375 mlrd. 773 mln. so`mga yoki 11,3 foizga o`sishga erishilgan. 
Bank tomonidan “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 1 909 nafar tadbirkorga 213,6 mlrd. so`mlik kredit mablag`lari ajratildi. 



2025 yilning 6 oyi davomida “Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika bo`yicha biriktirilgan 653 ta mahallada  jami 734,8 mlrd. so`m kredit berilib, 138 ming 500 nafar aholi bandligi ta`minlandi. Shundan 50,5 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 88 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 135,6 mlrd. so`mlik 4 992 ta moliyaviy paketlar etkazib berildi hamda 15 ming 104 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 363 mlrd. so`m kredit yo`naltirildi. Natijada 30952 nafar aholi bandligi ta`minlandi. 



“Uychi tajribasi” asosida xududlarda 684 ta uchrashuvlar o`tkazilib, 2 992 ta murojaatlar ko`rib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 3 804 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. 

Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2025 yilda barcha manbalar hisobidan 4 trln. 782 mlrd. so`m kredit ajratilgan.
Brifingda qayd etilishicha:
bankning jami mijozlari soni 1 mln. 793 ming 878  tadan oshdi;
bankning umumiy kapitali 5 trln. 86 mlrd. 339 mln. so`mni tashkil etdi. Bank kapitali 790 mlrd. 888 mln. so`mga yoki 18,4 foizga o`sgan; 
         bankning jami aktivlari 35 trln. 654 mlrd. 454 mln. so`mga etdi. Jami aktivlar yil boshiga nisbatan 3 trln. 521 mlrd. 56 mln. so`mga oshdi; 
bankning daromad keltiruvchi aktivlari  30 trln. 75 mlrd. 570 mln. so`mga etdi. Daromad keltiruvchi aktivlar yil boshiga nisbatan  3 trln. 273 mlrd. 455 mln. so`mga oshdi yoki 12,2 foizga o`sish kuzatilgan;         
bankdagi banklararo depozitlar qoldig`i 4 trln. 615 mlrd. 916  mln. so`mga etdi. Bu ko`rsatkich yil boshiga nisbatan 1 trln. 230 mlrd. 589 mln. so`mga oshdi. Yoki 36,4 foiz o`sishga erishilgan.
 
Brifingda bank rasmiysi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB  kelgusida ham zamonaviy xizmatlarni ko`rsatish, kichik biznesni moliyaviy qo`llab-quvvatlash orqali mijozlar ishonchini qozonishga va O`zbekiston moliya bozoridagi o`rnini yanada mustahkamlashga intilishini ta`kidladi. 
 
 
      
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар