Aholisi eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

18.07.2025 11:04

Yashayotgan manzil odamning qarishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Buni Nature Medicine jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijalari ko`rsatdi (https://www.sciencefocus.com/news/ageing-countries).

Ushbu tadqiqot davomida mutaxassislar guruhi 40 mamlakatda yashovchi 160 mingdan ortiq odam haqidagi ma`lumotlarni tahlil qildi.

Yangi ilmiy ma`lumotlarga ko`ra, Daniya odamlarning sekinroq qarishi va sog`lom turmush tarzini olib borishi uchun eng yaxshi ekologik, ijtimoiy va siyosiy sharoitlarni yaratgan. Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaga qaraganda evropaliklar sog`lom qarishning eng yuqori ko`rsatkichlarini namoyish etgan.

Sog`lom qarishning eng past ko`rsatkichlari kam daromadli mamlakatlarda ko`proq uchragan.
Shuningdek, Misr aholisi dunyoda eng tez qarishi aniqlangan. Ularning o`rtacha taxmin qilingan yoshi xronologik yoshidan 2,35 yilga kichik edi. Keyingi o`rinlarda Janubiy Afrika va Janubiy Amerika davlatlari. Shuningdek, Evropaning sharqiy va janubiy qismida ham odamlarning tez qarishi kuzatilgan.

Olimlarning fikricha, sog`lom qarishning asosiy omillari – jismoniy (havo sifati) va ijtimoiy (jumladan, gender tengligi, ijtimoiy-iqtisodiy) holat. Bundan tashqari, sog`lom qarish siyosatchilarning shaxs manfaatlarini ko`zlab ish tutishi, siyosiy partiyalar erkinligi va saylov huquqi, demokratik saylovlar o`tkazilishi bilan chambarchas bog`liq.

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, tez qarigan odamlar kundalik vazifalarni bajarishda 8 baravar ko`proq qiyinchiliklarga duch keladi va kognitiv qobiliyati to`rt barobar ko`proq yomonlashadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар