Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov atoqli shoir Chustiyning shu vaqtgacha qarovsiz qolgan uyini obod qilish bo`yicha topshiriq berdi.
Rost24.uz axborot saytida “Viloyat hokimi o`ziga yangi uy qurdi, adabiyotimiz gultoji Chustiyning hovlisi esa xarobaga aylandi” nomli maqola e`lon qilingan edi. Maqolada tarjimon va adib A`zam Obidovning shoir Chustiyning qarovsiz qolgan uyi haqidagi munosabati bayon etilgan bo`lib, unda muallif “Biz qanday millat bo`ldik”, deya Chustiy hovlisini harobaga aylanishiga olib kelganlarni tanqid ostiga olgandi.
Tanqidga to`g`ri va xolis yondashgan namanganlik mutasaddilar endilikda, Chustiy hovlisi ta`mirlab, shoir nomini abadiylashtiriladigan bo`ldi.