Sun`iy intellekt suv inqirozini yanada kuchaytiradi

17.07.2025 12:45


Murakkab tabiati tufayli Sun`iy intellekt dasturlari ishlashi va rivojlanishi davomida boshqa hisoblash tizimlariga nisbatan ko`proq energiya talab qiladi. Shuningdek, yuqori unumdor hisoblash uskunalarini ishlatish kuchli issiqlik hosil qiladi. Modelini ishlab chiqish va SIdan foydalanish jarayonida uskuna haddan tashqari qizib ketishining oldini olish uchun qurilmani sovutishda juda ko`p suv sarflanadi. Bu jarayonda, taxminlarga ko`ra, 700 000 litr chuchuk suv to`g`ridan-to`g`ri bug`lanishi mumkin.

Tadqiqot natijalari

Kaliforniya universitetida o`tkazilgan tadqiqot 2027 yilga kelib SI dasturlari ko`payishi ortidan 4,2-6,6 milliard kub/metr suv iste`mol qilinishi ehtimoli bor.

Dunyoda ichimlik va maishiy maqsadda foydalaniladigan suv ta`minoti cheklangan, er usti suv resurslari dunyo bo`ylab taqsimlanadi. Qishloq xo`jaligi va shahar infratuzilmasidan tashqari sun`iy intellekt ilovalari shundoq ham tanqis obi hayot miqdorini yanada kamaytiradi.

SI bilan bog`liq chip va server, shuningdek sun`iy idrok modeli yaratilishi va faoliyati jarayonida iste`mol qilinadigan elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham suvdan bilvosita foydalaniladi.

2022 yilgi tadqiqotga ko`ra, Sun`iy intellektning uglerod izi 24,7 tonna karbonat angidrid emissiyasiga teng. Uskuna ishlab chiqarish va model ishlatishda esa bu miqdor 50,5 tonna.

Suv va energiya sarfini qanday kamaytirish mumkin?

Sun`iy intellektni qo`llashda suv va energiya sarfini imkon darajasida kamaytirish uchun uglerod va suv izini muntazam ravishda kuzatib borish va shu asosda hisobot tayyorlash muhim. 

Barqarorlikni ta`minlash uchun ma`lumotni oshkora almashish, qayta tiklanadigan energiya manbalariga ustuvor ahamiyat berish, sovutish uchun ichimlik va maishiy suvdan foydalanishni cheklash zarur.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар