Korrupsiyaga murosasizlik – adolatli jamiyat poydevori

11.07.2025 18:30

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB veb-saytida bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning “Korrupsiyaga murosasizlik – adolatli jamiyat poydevori” sarlavhali maqolasi e`lon qilindi. Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi korrupsiya illatining bank-moliya tizimi va tadbirkorlik rivojiga salbiy ta`siri haqida so`z boradi.

Shuningdek, maqolada “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda korrupsiyaviy xatarlarning oldini olish hamda bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va bu yo`nalishda erishilayotgan natijalar ham yoritilgan.

Qayd etilishicha, bankda xalqaro standart va tajribani o`zida mujassam etgan samarali tizim yaratilgan. 2023 yilda Bosh bank, hudud va tuman sotuv nuqtalari darajasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” bo`yicha ISO 37001:2016 xalqaro standarti joriy qilingan. Mazkur tizim samaradorligi joriy yilning mart oyida mustaqil xalqaro tashqi audit tomonidan ijobiy baholanib, muvofiqlik sertifikatining muddati uzaytirildi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbarining ta`kidlashicha, bankda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, bankni bozor va mijoz talablariga moslashtirish va yanada rivojlantirish uchun muhim vazifalar belgilangan. Xususan: ▫️jarayonlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish; ▫️zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish; ▫️mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini doimiy oshirib borish; ▫️xodimlar o`rtasida halollik vaksinasi va etika qoidalarini targ`ib etish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish; ▫️mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan so`rovnomalar o`tkazib borish choralari ko`rilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish bu faqatgina davlat idoralarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning mas`uliyati va burchi hamdir. Har birimiz halollikni kundalik hayotimizda, oilamizda, faoliyat yuritayotgan tashkilotimizda, qo`yingki, jamiyatimizda asosiy qoidaga aylantira olsak, barqaror va taraqqiy etuvchi kelajakni birgalikda yaratishimiz mumkin bo`ladi” – deyiladi maqolada.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар