Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko`ra bir qator matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari "Kelajak bunyodkori", "Shuhrat", "Sog`lom turmush" medali, "Mehnat shuhrati", "Do`stlik", II darajali "Sog`lom avlod uchun" ordeni, "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist" faxriy unvoni bilan taqdirlanadi.
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
Doniyorov Salim Musurmonovich - «Yangi O`zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati bosh muharriri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Mirzaaliev Ikboljon Mirzakarimovich - «Jadid» gazetasi bosh muharriri
«Do`stlik» ordeni bilan
Amangeldieva Raixan Kdirbaevna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Kenjaeva Zoxida Abdullaevna - To`raqo`rg`on tumani «Davr» gazetasi muharriri, Namangan viloyati
Matyakubov Kamol - «Adolat» gazetasi muxbiri
Mirsharipov Farxodjon Arislonovich - Farg`ona viloyati teleradiokanali bosh muharririning o`rinbosari, So`x telekanali guruh rahbari
Oripov Shuxratjon Orip o`g`li - «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat bankining axborot xizmati rahbari
Raximov Abdijalol Abdiziyatovich - Chinoz tumani «Chinoz hayoti» gazetasi bosh muharririning o`rinbosari, Toshkent viloyati
Titchuk Andrey Georgievich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Dunyo bo‘ylab» telekanali axborot-informasion dasturlar muharririyati montajchisi
Urinboev Saydulla Mardonovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori
Xasanov Xaydar Xatamjanovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi direktori o`rinbosari
Hasanov Ro`zimboy - «XXI asr» gazetasining Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo`yicha muxbiri
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Nurmatov Akbar Normatovich - O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetining YuNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri
Xolbekova Baxor Shayimovna - «Ishonch» va «Ishonch-Doverie» gazetalarining Sirdaryo viloyati bo`yicha muxbiri
«Sog`lom turmush» medali bilan
Djumaev Ibraxim - Navoiy viloyati «Salomatlik» gazetasi muharriri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
G`iyosov Mirali Abdulloh o`g`li - Toshkent shahridagi «Sharoit plus» nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri
«Shuhrat» medali bilan
Abilov Fazliddin Ibragimovich - «Xalq so`zi» va «Narodnoe slovo» gazetalari tahririyati bosh muharririning o`rinbosari
Avazov Dilmurod Batirovich - «Oriat Dono» radiosi musiqa muharriri
Adilova Munojot Asrorovna - «Daryo.uz» internet nashrining tahrir bo`limi musahhihi
Asanov Eldar Enverovich - «Asanov formati» telegram kanali asoschisi, bloger
Ahatov Sobit Temirovich - «Xabar.uz» internet nashrining axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasiyalar bo`limi muharriri
Gapirova Nigora Umurzakovna - «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi
Djumaev Xidoyat Inoyatovich - Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori
Karshiev Aziz Rajabovich - «Kun.uz» internet nashri muharriri
Koraboev Shamshidin - Farg`ona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi
Madatova Zilola Muxamadalievna - «Ma`rifat» gazetasi bosh muharririning o`rinbosari
Makarenko Nikita Anatolevich - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Effekt Makarenko» sahifasi asoschisi, bloger
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich - O`zbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati bo`yicha sharhlovchisi
Muminova Gulrux Komilovna - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
Muslimov Shuxrat Zikrullaevich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston MTRK teleradiomarkazi» davlat muassasasi televidenie va radio ko`chma texnika xizmati boshlig`i
Nur Ahmad Hojiboy o`g`li - Toshkent shahridagi «SAS-Media» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich - «Kamoliddin Rabbimov» telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger
Raximov Sarvarjon Xamidjonovich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi
Rashidova Nargizaxon Rashidovna - «Mening yurtim» telekanali efirga uzatish bo`limi muharriri
Sakaeva Elina Ibragimovna - «Gazeta.uz» internet nashri muharriri
Samatova Salima Abdinazarovna - Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`limi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xamidov Xayrulla Ubaydullaevich - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi sharhlovchisi
Sherova Laziza Shomilovna - «O`zbekiston ovozi» gazetasining parlament faoliyati bo`limi mudiri
Yaqubjonova Nilufar Oybekovna - Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri