“Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining uzoq muddatli depozit reytinglarini B1 darajasida tasdiqladi, shuningdek, prognozni “salbiy”dan “barqaror”ga o`zgartirdi.
Ushbu qaror Moody’s agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasining suveren reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o`zgartirilishi natijasida qabul qilingan bo`lib, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va davlat institutlari samaradorligini oshirishga qaratilgan harakatlar umumiy moliyaviy muhitga ijobiy ta`sir ko`rsatayotganini aks ettiradi.
Shuningdek, Moody’s reyting agentligi tomonidan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning uzoq muddatli reytinglari bankning yuqori likvidlik zaxirasi hamda oyirgi yilda kuzatilgan kapitallashuv darajasining sezilarli oshishi reyting prognozining “barqaror” darajasida tasdiqlanishiga ta`sir ko`rsatgani ta`kidlanadi.
Agentlik “Biznesni rivojlantirish banki” ATBni ijtimoiy jihatdan muhim muassasa sifatida baholaydi. Bank O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish, shu jumladan sog`lom raqobatni qo`llab-quvvatlash, hududiy rivojlanishni jadallashtirish va yangi ish o`rinlari yaratish maqsadida tuzilgan strategik institut sifatida faoliyat yuritmoqda.
Agentlik tomonidan reyting prognozining “barqaror” darajaga ko`tarilishi, bankning umumiy moliyaviy holatida muayyan barqarorlik yaralganini va biznes ko`rsatkichlari ustidan nazorat saqlanayotganini bildiradi.
Reklama huquqi asosida