“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashga oid qo`shimcha chora- tadbirlar to`g`risida“gi Prezident Farmoni (PF - 6186 – son, 11.03.2021 y.) qabul qilindi.
Kreditlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi ;
Kreditlar ipoteka kreditining eng ko`p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo`lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni qo`shgan holda) muddatga ajratiladi;
Daromadi yuqori bo`lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo`yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stafkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
Subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilish) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to`lanadi.
Farmon bilan 2021 yilda yangi tartib doirasida:
Respublika bo`yicha jami 33 114 ta kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joylar;
Qishloq joylarda 8 336 ta kvartiradan iborat ko`p qavatli arzon uy-joylar;
Fuqarolarning alohida toifalari uchun 3 550 ta kvartiradan iborat ko`p qavatli uy-joylar quriladi.
2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko`p miqdori tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi.