10 ming mansabdor javobgarlikka tortildi: Biznes-ombudsman

14.06.2025 16:34

Kecha,13 iyun kuni Sirdaryo viloyatida Biznes-ombudsman devoni tomonidan “Milliy brendlar orqali global bozorga: Sirdaryoda tadbirkorlarning huquqlari va biznes imkoniyatlari” mavzusida press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida jurnalistlarga institut faoliyatining 8 yillik natijalari taqdim etildi.

Ma`lum qilinishicha, Biznes-ombudsman instituti tomonidan shu kungacha tadbirkorlardan kelib tushgan 50 mingga yaqin murojaat ko`rib chiqilgan. Aniqlangan huquqbuzarliklar bo`yicha 14 mingdan ortiq huquqiy ta`sir chorasi davlat organlariga nisbatan qo`llanilgan.

Faoliyat davomida 1 300 dan ortiq mansabdor shaxs intizomiy jazoga tortilgan, davlat organlarining 1 300 dan ortiq qaror va hujjatlari bekor qilingan, 10 mingdan ortiq mansabdor esa ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, tadbirkorlarga noqonuniy olib qo`yilgan 12,6 ming gektardan ortiq er maydonlari qaytarilgan.

Press-tur doirasida OAV vakillari Sirdaryo viloyatidagi bir qator yirik sanoat korxonalari — “WANG DA GROUP” QK, “EURASIA GAZ BETON”, “Elegant Fiber Textile”, “POLY TEX SIRDARYO” hamda “POLITEX SIRDARYO” korxonalariga tashrif buyurib ularning faoliyati bilan tanishdilar.

Ma`lumotlarga ko`ra, Sayxunobod tumanida joylashgan “POLITEX SIRDARYO” paxta-to`qimachilik klasterida hozirda 500 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda, ularning katta qismini xotin-qizlar tashkil etadi. Korxona yiliga 15 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarib, 10 million dollarini eksportga yo`naltirmoqda.

"Korxonamizning yaqin istiqboldagi rejasi — yarim tayyor mahsulotdan to`liq tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tishdir. Hozirda bo`yoq va gazlama matolar ishlab chiqarish bo`yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 2025 yil yakuniga qadar ushbu yo`nalishni yo`lga qo`yib, eksport hajmini 25 million dollardan oshirishni maqsad qilganmiz," deydi korxona rahbari Durbek Abdurahmonov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар