“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Bekobod tumanida yangi bank xizmatlari markazi ishga tushirildi.

13.06.2025 16:48

Bankning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tasarrufidagi mazkur bank xizmatlari markazi Bekobod tumani Istiqlol MFY Mustaqillik ko`chasi 22-uy manzilida joylashgan. 

Bino ochilish munosabati bilan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan o`tkazilgan marosimda bank mutasaddilari, tuman hokimligi vakillari va mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi. Unda yangi bank xizmatlari markazi Bekobod iqtisodiyotini rag`batlantirishdagi muhim qadam, ekanligi qayd etildi.

Darhaqiqat, mazkur markaz Bekobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, aholi va tumanda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarning bank xizmatiga bo`lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Zamonaviy me`morchilik uslubida barpo etilgan bino nafaqat tashqi ko`rinishi, balki ichki qulayliklari va innovasion texnologiyalari bilan ham diqqatga sazovor. 

Binoga tashrif buyurgan mijozlar keng va yorug` zalda, zamonaviy jihozlangan qulay ofisda o`zlarini yanada erkin his etadi. Qolaversa, elektron navbat va xavfsizlik tizimi, kuzatuv kameralari va zamonaviy himoya uskunalari mijozlar ishonchini yanadan oshishida alohida ahamiyatga ega. 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yangi bank xizmatlari markazida mijozlar turli bank operasiyalari, naqd pul o`tkazmalari, to`lov xizmatlari, kredit va omanatlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, investision loyihalar, raqamli bank xizmatlari – mobil ilova, onlayn-kassa, plastik kartalardan foydalanish hamda biznes uchun ekspress-konsultasiyalar – moliyaviy echimlar bo`yicha mutaxassislardan bepul maslahatlar olishi mumkin. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар