$10 milliardlik sarmoya – O`zbekistonda yangi sanoat va “yashil energetika” davri boshlanmoqda

11.06.2025 19:50


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyning etakchi kompaniyalari – China State Construction, China General Nuclear Power, CAMCE, Goldwind va ZTO Express rahbarlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, Xitoy biznesining O`zbekistonga qiziqishi katta. Faqat o`tgan yilining o`zida Xitoydan kelgan investisiyalar 10 milliard dollardan oshdi.

Uchrashuvda quyidagi muhim kelishuvlar amalga oshirildi.
Yo`llar yangilanadi – Toshkentda infratuzilma modernizasiya qilinadi, yangi sanoat zonasi quriladi.

Quyosh va shamol elektr stansiyalari – “Yashil energetika”ga investisiyalar yanada kengayadi.

Olimpiya shaharchasi va yangi texnoparklar – Toshkentning kelajagi zamonaviy texnologiyalarga bog`liq.

“Aqlli” logistika – Tovarlarni bojxonadan o`tkazish, omborlarni boshqarish onlaynga ko`chadi.

Bu faqat boshlanishi. Xitoyning China State Construction, Goldwind, ZTO Express va boshqa korporasiyalari bilan yangi loyihalar yo`lga qo`yilishi kelishib olindi.

Prezidentimiz ta`kidlaganidek: “Xitoy biznesining O`zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori”.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар