2025 yil 1 avgustdan pedagoglar quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladi

07.06.2025 10:18

Prezidentning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida"gi 2025 yil 2 iyundagi dagi PF-91-sonli farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi.

Jumladan:

Maktab direktori:
—5 mln 166 ming 485 so`m (400 o`quvchigacha);
—5 mln 516 ming 559 so`m (401-880 o`quvchigacha);
—5 mln 849 ming 691 so`m (881-1600 o`quvchigacha);
—6 mln 187 ming 933 so`m (1600dan ortiq);

Direktor o`rinbosarlari: (MMIBDO`, O`TIBDO`)    
—4 mln 825 ming 345 so`m (400 o`quvchigacha);
—5 mln 166 ming 485 so`m (401-880 o`quvchigacha);
—5 mln 516 ming 559 so`m  (881 -1600 o`quvchigacha);
—5 mln 849 ming 691 so`m (1600dan ortiq);

Direktorning xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari:
—1 mln 957 ming 858 so`m (400 o`quvchigacha);
—2 mln 233 ming 302 so`m (401-880 o`quvchigacha);
—2 mln 322 ming 127 so`m (881 -1600 o`quvchigacha);
—2 mln 515 ming 091 so`m (1600dan ortiq);

Psixologlar:
—Oliy ma`lumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 so`m;
—Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 so`m;
—Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 so`m;
—Oliy toifali psixolog – 4 mln 072 ming 508 so`m;

O`qituvchilar:
—O`rta maxsus ma`lumotli o`qituvchi – 3 mln 468 ming 585 so`m;
—Oliy ma`lumotli o`qituvchi – 3 mln 729 ming 906 so`m;
—Ikkinchi toifali o`qituvchi – 4 mln 175 ming 834 so`m;
—Birinchi toifali o`qituvchi – 4 mln 653 ming 151 so`m;
—Oliy toifali o`qituvchi – 5 mln 142 ming 053 so`m;

Maktab laboranti:
—1 mln 765 ming 111 so`m;

Kadrlar bo`yicha menejer:
—1 mln 758 ming 372 so`m;

Kutubxona mudiri:
—O`rta maxsus ma`lumotli – 2 mln 349 ming 447 so`m;
—Oliy ma`lumotli – 2 mln 563 ming 442 so`m;

Kutubxonachi:
—O`rta maxsus ma`lumotli – 2 mln 037 ming 317 so`m;
—Oliy ma`lumotli – 2 mln 144 ming 548 so`m.

Eslatib o`tamiz, avvalroq maoshlardan tashqari pensiya, stipendiya, nafaqa to`lovlari miqdori ham 10 foizga oshishi haqida xabar bergan edik. (https://t.me/rost_24uz/12614)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар