2025 yil 6 iyun – Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda hayit namozi 122 ta masjidda o`qiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Shu sababli soat 00:00 dan 08:00 gacha quyidagi hududlarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi:
Mirzo Ulug`bek tumani:
– "To`ra buva" masjidi atrofida Buyuk Ipak yo`li ko`chasining ayrim qismlari.
Bektemir tumani:
– “Xo`ton" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko`chasi.
Olmazor tumani:
– "Islomobod", "Hazrati imom", "Do`stjonboy" masjidlari atrofidagi ko`chalar.
Shayxontohur tumani:
– “Shayx Zayniddin”, "Xo`ja Allambardor", “Kox ota” masjidlari joylashgan ko`chalar.
Chilonzor tumani:
– "Ubay ibn Ka`b", "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf", "Novza" masjidlari yaqinidagi yo`llar.
Uchtepa tumani:
– "Abdulloh ibn Ma`sud", "Hazrati Ali" masjidlariga tutash ko`chalar.
Yunusobod tumani:
– “Minor”, “Mirzo Yusuf” masjidlari joylashgan hududlar.
Yakkasaroy tumani:
– “Usmon bin Ma`zun” masjidi yaqinidagi KXAY ko`chasi.
Sergeli tumani:
– "Nurul Islom" masjidi atrofidagi TXAY ko`chasi.
Yashnobod tumani:
– "Islom ota" masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasi.
Mirobod tumani:
– "Qo`yliq ota" masjidi oldidagi TXAY ko`chasi.
Qo`shimcha ravishda, boshqa masjidlar joylashgan ko`chalarda ham harakat cheklanishi mumkin. Fuqarolarga aylanma yo`llardan foydalanish tavsiya etildi.