O`zbekiston qishloq xo`jaligi mahsulotlari Evropaga yo`l olmoqda

04.06.2025 14:43

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB davlatimiz rahbarining 2025 yil 14 fevraldagi Farmon va qarori ijrosi doirasida tomorqa va dehqon xo`jaliklari er maydonlaridan samarali foydalanish, mahallalarda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar etishtirishni moliyaviy qo`llab-quvvatlash maqsadida amaliy  chora-tadbirlarni olib bormoqda.  
Xususan, joriy yilning 30 aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va Fransiyaning SAS Descours kompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.  


Bank va “O`zagrostar xolding” kompaniyasi memorandumda belgilangan vazifalarni izchil hayotga tatbiq etishga kirishgan.  
Kuni kecha shu yo`nalishdagi ishlarni tashkil qilish bo`yicha ikki tomon vakillari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.  
Unda “Yangiyo`l-agrostar” MChJ va Fransiyaning SAS Descours kompaniyasi bilan hamkorligida pomidor, bulg`or qalampiri, ko`katlar va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qabul qilish, saralash, saqlash, shok usulda muzlatish, qadoqlash qayta ishlash, shuningdek, mahsulotlarni tashish va Evropa mamlakatlariga eksport qilishni nazarda tutuvchi Agrokompleks majmuasini barpo etish bo`yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.  


Ma`lumot uchun, memorandum doirasida logistika va moliyalashtirishda ko`mak berish, sifat standartlari bo`yicha o`quv seminarlari tashkil etish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun texnik yordam ko`rsatish, va investisiya loyihalari bo`yicha sheriklikni yo`lga qo`yish kabi yo`nalishlarda hamkorlik qilish ko`zda tutilgan.  


Mazkur kelishuv orqali O`zbekistonda etishtiriladigan muzlatilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni xalqaro bozorlarga, xususan, Evropa davlatlariga eksport qilishga keng yo`l ochiladi.  

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар