Dunyoning eng yaxshi shaharlari reytingida Toshkent 471-o`rinni egalladi

27.05.2025 18:47

Qozog`istonning Almati shahri Markaziy Osiyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Bu Global Cities Index 2025 reytingidan ma`lum bo`lmoqda. 

Reytingda baholash besh toifadagi ko`rsatkichlar bo`yicha amalga oshirilgan: iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, ekologiya va boshqaruv.

Dunyoning 1000 ta eng yaxshi shahri ro`yxatida Almati 258-o`rinni egalladi. Bundan tashqari, inson kapitali toifasida shahar 64-o`rinda qayd etildi. Ayni paytda Qozog`istonning sobiq poytaxti Markaziy Osiyoda birinchi o`rinda turibdi.

O`zbekiston poytaxti Toshkent umumiy reytingda 471-o`rinda qayd etildi (Iqtisodiyot bo`yicha 558-o`rin, inson kapitali bo`yicha 123-o`rin, hayot sifati bo`yicha 565-o`rin, ekologiya bo`yicha 872-o`rin, boshqaruv bo`yicha 840-o`rin). Bu Markaziy Osiyo bo`yicha uchinchi ko`rsatkich hisoblanadi.

Amerikaning Nyu-York shahri dunyodagi eng yaxshi shahar deb topildi. Kuchli uchlikka London va Parij ham kiritilgan.

Markaziy Osiyoning eng yaxshi shaharlari:

— Almati (umumiy reytingda 258-o`rin);
— Ostona (276-o`rin);
— Toshkent (471-o`rin);
— Bishkek (498-o`rin);
— Chimkent (534-o`rin);
— Ashxobod (623-o`rin);
— Dushanbe (683-o`rin).

Dunyoning eng yaxshi shaharlari (top 10):

— Nyu-York (AQSh);
—London (Buyuk Britaniya);
— Parij (Fransiya);
— San-Xose (AQSh);
— Sietl (AQSh);
—Melburn (Avstraliya);
—Sidney (Avstraliya);
— Boston (AQSh);
— Tokio (Yaponiya);
— San-Fransisko (AQSh).

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар