“O`zbekgidroenergo” AJ Janubiy Farg`ona kanalidagi texnogen holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

08.05.2025 16:37

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan Janubiy Farg`ona kanalisida sodir bo`lgan texnogen holat yuzasidan “O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 dekabrdagi VM-800-son qaroriga asosan, Rossiyaning “MPR” moliya instituti mablag`lari hisobidan Janubiy Farg`ona kanalisida “JFK-3 kichik GES qurilishi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha quvvati 6,9 MVt bo`lib, yiliga 33 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo`ljallangan.

Qurilish ishlari Rossiya Federasiyasining “Energosila” kompaniyasi tomonidan “tayyor holda topshirish” shartlari asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish doirasida, vegetasiya davrida qishloq xo`jaligini suv bilan ta`minlash maqsadida kanalda vaqtinchalik suv to`sish inshooti qurilib, suv aylanma kanal orqali quyi qismga yo`naltirilgan.

Biroq, kanalning loyihaviy suv o`tkazish qobiliyati 60 m³/s etib belgilangan bo`lib, amalda 70 m³/s suv oqimi kuzatilgan. Bu esa Janubiy Farg`ona kanalining o`ng qirg`og`ida er yuvilishi holatiga olib kelgan.

“O`zbekgidroenergo” AJ ma`lumot berishicha, hozirda holatni bartaraf etish bo`yicha barcha zarur texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan hamda ta`mirlash-tikladik ishlari jadal sur`atlarda olib borilmoqda. Barcha chora-tadbirlar 2025 yil 9 may soat 14:00 ga qadar yakunlanishi va kanalning odatiy ish rejimi to`liq tiklanishi kutilmoqda.

Shuningdek, yuzaga kelgan holat natijasida aholiga etkazilgan moddiy zararlar qoplab berilishi ta`minlanishi qayd etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар