2025 yil 23 aprel kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam”loyihalarining taqdimot marosimi o`tkazildi.
Chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik ko`rsatkichlarini oshirish bankning asosiy strategik maqsadlaridan biri sanaladi. Keng jamoatchilikka taqdim qilingan “Mening biznesim” va “Mening buyurtmam” innovasion echimlari mazkur maqsadga erishishda dadil qadamdir.
Taqdimot marosimida mazkur yangi loyihalarning ahamiyati va afzalliklari haqida batafsil ma`lumot berildi.
“Mening biznesim” – bu o`zini o`zi band qilgan fuqarolarni qo`llab-quvvatlash uchun yaratilgan noyob raqamli platformadir.
“Mening biznesim” mobil ilovasida qanday imkoniyatlar mavjud?
Bundan tashqari, barcha mobil ilovalar kabi kunlik ehtiyojlarni qondirish uchun barcha xizmatlar mavjud.
“Mening buyurtmam” loyihasi ham har bir yurtdoshimiz uchun qulayliklar yaratishi bilan alohida ahamiyatga molik.
Zero “Mening buyurtmam” – bu mijozlar va o`zini o`zi band qilgan xizmat ko`rsatuvchilar o`rtasidagi qulay raqamli vositachidir.
“Mening buyurtmam” ilovasi orqali:
Bu ilovada kasblar va sohalar bo`yicha xizmatlar katalogi mavjud va undan 24/7 rejimida foydalanish mumkin. Shuningdek, xizmatlar uchun buyurtma berish, geolokasiya asosida eng yaqin xizmat ko`rsatuvchini topish imkoniyatlari mavjud. Foydalanuvchilarga chat orqali tezkor aloqani amalga oshirish imkoniyati ham yaratilgan.
Har bir xizmat ko`rsatuvchi uchun “qayta aloqa” o`z faoliyatini takomillashtirib borishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur loyiha reyting va fikr-mulohazalar tizimini ham o`zida mujassam etgan.
Taqdimot marosimida spikerlar tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning istiqboldagi rejalari va tatbiq etilishi mo`ljallanayotgan yangi innovasion loyihalar haqida ham ma`lumot berildi.