O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasining maqomi oshirilib, mustaqil qo`mita sifatida endi u vatandoshlar masalalari bilan ham shug`ullanadigan bo`ldi.
Qo`mita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yo`nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.
Quyidagilar Qo`mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
⏳ jamiyatda o`zaro hamjihatlik, bag`rikenglik va birdamlikni mustahkamlash, millatlararo munosabatlarni uyg`unlashtirish;
⏳ O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, ularni umummilliy taraqqiyotga daxldorligini kuchaytirish;
⏳ xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va do`stlik aloqalarini rivojlantirish;
⏳ xorijdagi vatandoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishlarini qo`llab-quvvatlash;
⏳ O`zbekiston xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yo`lida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini tizimli tahlil qilish.