O`zbekiston xususiy bog`chalar qimmatligi bo`yicha 127 mamlakat ichida 62-o`rinni egalladi

13.03.2025 11:51

Numbeo ma`lumotlariga ko`ra, 2025 yil 7 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda xususiy bog`cha xizmatlari narxi bir bola uchun oyiga 295,3 dollarni tashkil qilgan. Narx-navo bo`yicha O`zbekiston dunyoda 127 mamlakat ichida 62-o`rinni egalladi.

MDH mamlakatlari orasida xususiy bog`chalar narxi quyidagi davlatlarda O`zbekistondan arzon:

Rossiya — 262,9 dollar;
Ozarbayjon — 242,2 dollar;
Qozog`iston — 240,6 dollar;
Qirg`iziston — 190,3 dollar;
Tojikiston — 104,3 dollar.

Quyidagilarda esa narxlar O`zbekistondan ham qimmat:

Ukraina — 296,9 dollar;
Belarus — 299,3 dollar;
Armaniston — 306,9 dollar;
Moldova — 372,3 dollar.

Dunyoda xususiy bog`cha bo`yicha eng qimmat narx Shveysariya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada bo`lsa, eng arzoni Bangladesh, Shri-Lanka va Pokistonda qayd etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар