Rossiyadan uy sotib olayotgan o`zbekistonliklar soni ortmoqda

12.03.2025 13:05

Rossiyada 2024 yil sentyabrdan beri ko`chmas mulk bozorida norezidentlar ishtirokida oldi-sotdi shartnomalari soni oshmoqda — umumiy savdolarning 20 foizi chet elliklar hisobiga to`g`ri kelyapti, deb yozadi «Izvestiya».

Qayd etilishicha, uy-joylarning faol xaridorlari orasida O`zbekiston, Belarus, Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston, Abxaziya fuqarolari bor.
Ma`lumotlarga ko`ra, jami bitimlarning 15 foizi O`zbekiston fuqarolari, 21 foizi — Belarus, 18 foizi — Qozog`iston, 10 foizi — Tojikiston, 10 foizi — Turkmaniston, 2 foizi esa Xitoy fuqarolari hisobiga to`g`ri kelmoqda.

Shu bilan birga, oxirgi olti oyda umumiy segmentasiyada Ukraina fuqarolarining ulushi keskin oshgan. 2024 yil boshida jami bitimlarning 2 foizi ular hisobiga to`g`ri kelgan bo`lsa, hozirda ushbu ko`rsatkich 5 foizdan oshgan, norezidentlar orasida esa 19 foizga etgan.
Xaridlarning 65 foizi 20 million rublgacha bo`lgan xonadonlardir, 21 foizi — 20 milliondan 50 million rublgacha, 14 foizi esa 50 milliondan qimmat turadigan ko`chmas mulklarga tegishli.

Ta`kidlanishicha, chet el fuqarolari asosan Moskva shahri (65 foiz), Moskva viloyati (15 foiz) va Sankt-Peterburgdan (10 foiz) ko`chmas mulk xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Ko`pincha norezidentlar naqd pul evaziga biznes yoki komfort-plyus toifali turar-joy majmuasidan xonadonlar sotib olyapti.

Ma`lum qilinishicha, xaridlarning 70 foizi investisiyaviy xarakterga ega emas, balki yaqin 1—5 yil ichida yashash uchun mo`ljallangan. Nisbatan qimmat xonadonlarni Xitoy, Qozog`iston va Ukraina fuqarolari sotib olmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар