Yangiyo`lda yangicha tizim tushuntirildi

11.03.2025 20:49


 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangiyo`l-agrostar” kompaniyasining tomorqachilik maktabida aholining tomorqa er maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga bag`ishlangan seminar o`tkazildi. 


Tadbirda ishtirok etgan hokim yordamchilariga yangi qabul qilingan muhim hujjatlar va yangiliklar haqida axborot berildi. Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevralda qabul qilingan “Tomorqa er egalari va dehqon xo`jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda “O`zagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori  mazmun-mohiyati tushuntirildi. 


Shuningdek, seminarda bu yo`nalishdagi mahallalarda aholi orasida bank mahsulotlarining targ`ibotini olib borish, mahallalardagi qo`shimcha imkoniyatlarni aniqlash va fuqarolarning tomorqadan samarali foydalanishiga doir ishlarni tashkil etish bo`yicha zarur tavsiyalar berildi.


Ta`kidlash lozimki, “Biznesni rivojlantirish banki” mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar etishtirishni moliyaviy qo`llab-quvvatlamoqda. Yaqinda yo`lga qo`yilgan “Mahalla bankirlari” bu yo`nalishda  faol ish olib bormoqda.   


Misol uchun, Yangiyo`l tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Alijon Aripboevga “Biznesni rivojlantirish banki”ning “Mahalla bankiri” ko`magida 60 mln. so`m kredit ajratildi. Alijon akaning 21 sotix maydondagi issiqxonasiga ekkan 8,5 ming tup bulg`or qalampiri allaqachon hosil bera boshlagan. 

Bunday misollar talaygina.  
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “O`zagrostar xolding” kompaniyasining  hamkorlikdagi  loyihalari  tomorqa er egalari va dehqon xo`jaliklari faoliyatini zamonaviy asoslarda yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Reklama huquqi asosida

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар