Toshkentda Jahon banki mutaxassislari Evropa va Markaziy Osiyo (EMO) mintaqasidagi migrasiya jarayonlari, muammolari va imkoniyatlari haqida hisobot taqdim etdi.
Xabarga ko`ra, EMO hududida 100 millionga yaqin migrantlar yashaydi. Migrasiyaning asosiy sabablari – ish haqi farqlari, demografik nomutanosiblik, iqlim o`zgarishi va qurolli mojarolar.
Tahlillarga ko`ra, Tojikiston va Qirg`izistondan chiqqan migrantlarning 80% dan ortig`i Rossiyaga boradi. O`zbekistonlik migrantlarning 57% Rossiyada, 15% Qozog`istonda, 10% Ukrainada ishlaydi.
Tojikistonda mehnat muhojirlarining pul o`tkazmalari YaIMning 45% ini tashkil etib, bu dunyodagi eng yuqori ko`rsatkichlardan biri. Qirg`izistonda bu ko`rsatkich 24%, O`zbekistonda esa 14% ga teng.
Chet eldan pul o`tkazmalari keladigan oilalarda kambag`allik darajasi ancha past. Masalan, Qirg`izistonda bu mablag`larsiz kambag`allik 50% dan oshgan bo`lardi. O`zbekistonga migrantlarning pul o`tkazmalari bo`lmasa, kambag`allik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha oshishi mumkin.
Mehnat migrasiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim bo`lib, u millionlab oilalarning daromad manbai bo`lib qolmoqda.