O`zbekiston terrorizm tahdidi past bo`lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

10.03.2025 22:03



Iqtisodiyot va Tinchlik Instituti (IEP) 2025 yilgi «Global terrorizm indeksi»ni e`lon qildi, unda O`zbekiston 0,233 ball bilan 90-o`rinni egalladi va «terrorizm tahdidi past bo`lgan» mamlakatlar qatoriga kirdi.

«Global terrorizm indeksi» dunyo aholisining 99,7 foizini qamrab olgan va terrorizmning 163 davlatga ta`sirini tahlil qiluvchi keng qamrovli tadqiqotdir.

Indeks ma`lum bir mamlakat ichidagi terrorchilik faolligi darajasini sodir etilgan teraktlar soni, o`lganlar va jarohatlanganlar soni, moddiy zarar darajasi bilan o`lchaydi. Reyting qanchalik baland bo`lsa, ma`lum bir mamlakatda terrorchilik hujumlari tahdidi shunchalik yuqori bo`ladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirg`iziston, Qozog`iston va Turkmaniston (100-o`rin va 0 ball) terrorizm tahdidi eng past bo`lgan davlatlar sifatida tan olindi. Tojikiston 70-o`rinni (0,999 ball) egalladi.

Reytingda 16-o`rinni egallagan Rossiya terrorizm xavfi yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga kirdi. Belarus va Ozarboyjon 90-o`rinni, Armaniston 79-o`rinni egalladi.

Reytingning yuqori pog`onalarini terrorchilik harakati va tahdidi eng yuqori bo`lgan davlatlar egallagan. Mutaxassislar bu borada eng xavfli deb Burkina-Faso, Pokiston va Suriyani qayd etdi.

Umuman olganda, ekspertlar hisobotda ta`kidlaganidek, terrorizm doimiy global tahdid bo`lib qolmoqda va 2024 yil terrorizm geografiyasi kengaygan.

Kamida bitta terrorchilik hodisasi sodir bo`lgan davlatlar soni 58 dan 66 taga ko`paydi, bu 2018 yildan beri eng yuqori ko`rsatkichdir.

2024 yilda, so`nggi etti yil ichida birinchi marta vaziyat yomonlashgan davlatlar soni yaxshilangan mamlakatlardan ko`p bo`ldi: 45 ta davlatda terrorizm tahdidi kuchaygan, atigi 34 ta davlatda esa yaxshilanish kuzatilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар