Toshkent erlari xitoylik biznesmenlarga sotib yuborilyaptimi?

07.03.2025 12:46



Ijtimoiy tarmoqlarda so`nggi kunlarda Toshkent shahrida Xitoy fuqarolari ko`paygani, shahar hududining katta qismini sotib olayotgani, shu sababli ko`chalarda xitoy tilidagi turli banner va reklamalar paydo bo`lib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Foydalanuvchilar poytaxt erlari go`yoki xitoylik biznesmenlarga berib yuborilayotganidan xavotirlar bildirdi.

Kadastr agentligi mazkur noaniqlik fonida munosabat bildirdi va ularni «noto`g`ri xabarlar» deb atadi. Tashkilot Er kodeksining 17-moddasida chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar er uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo`lishi mumkinligi belgilanganini eslatdi.

Agentlikning ta`kidlashicha, ijaraga berilgan erni xususiylashtirib olishadi, deb vahimaga tushmaslik lozim. «Xavotirga o`rin yo`q. Chet elliklarga er xususiylashtirib berilmaydi», — deb yozdi tashkilot.

Davlat idorasi qishloq xo`jaligi erlarining xususiylashtirilishi bilan bog`liq xabarlar ham asossiz ekanini aytdi va ularni hatto O`zbekiston fuqarolari ham xususiylashtirib ololmasligini qayd etdi.

«Shunday ekan, erlarimiz chet el fuqarolariga berib yuborilyapti mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha o`rganilmasdan chiqarilgan», — ishontirdi kadastr tashkiloti.

U bu «qonunlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini keltirib chiqarishi, hatto investisiya muhitiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligi» sababli fuqarolardan har xil aldovlarga uchmaslikni, ijtimoiy tarmoq faollaridan esa yolg`on va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so`radi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар