O`zbekistonda uy bozori qulayapti

07.02.2025 16:36

2024 yilda O`zbekiston ko`chmas mulk bozori o`tgan yillardagi faol rivojlanishdan so`ng o`sish sur`atlari pasayishini ko`rsatdi. Bu haqda Markaziy bank tahlilida aytiladi (https://cbu.uz/upload/iblock/e69/ir0q82msv76l66gdv54xc6kg2l76p82q/Rynok-nedvizhimosti_4kv.2024.pdf).

Sotib olish, sotish va ijaraga berish segmentlaridagi faollik yo pasaydi, yo 2023 yil darajasida saqlanib qoldi, bu esa «talabning muvozanatlashuviga va narxlarning o`rtacha o`sishiga» olib keldi. Biroq to`rtinchi chorakda (oktyabr-dekabr) bozor jonlandi: bitimlar soni oshdi va narx ko`rsatkichlari ijobiy dinamikani ko`rsatdi.

Bitimlar soni kamaydi

2024 yilda jami 329 mingta shartnoma tuzildi, bu 2023 yilga nisbatan 2,2% kam (335 ming, o`shanda 4,4% o`sish kuzatilgan).

Oktyabr-dekabr yakunlariga ko`ra, mamlakatda ko`chmas mulk bilan bog`liq 81,8 mingta bitimlar tuzilgan, bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6% ko`p. Markaziy bank hisob-kitoblarida 25 dekabrgacha bo`lgan davr ko`zda tutiladi, shuning uchun oyning yakuniy dinamikasi farq qilishi mumkin.

Qaysi hududlarda ko`chmas mulk bozori faolligi pasaydi?

Navoiy, Toshkent, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida ko`chmas mulk bilan bog`liq bitimlar sonining kamayishi qayd etildi. Sirdaryo, Farg`ona va Qashqadaryo viloyatlarida faollik deyarli o`tgan yilgi darajada saqlanib qoldi. Boshqa hududlarda o`sish o`rtacha bo`ldi.

Daromadlar oshishi, aholi o`sishi va urbanizasiya kabi omillar uy-joyga bo`lgan talabni qo`llab-quvvatlashda davom etgan bo`lsa-da, ipoteka kreditlashning sekinlashishi, qurilishning yuqori sur`atlari va bozorning qisman to`yinganligi narxlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Ushbu o`zgarishlar uy-joy narxini pasaytirdi.

Uy-joy narxlari qanday o`zgardi?

Birlamchi bozorda narxlar so`mda 11,4%, dollarda esa 6,7% oshdi. Taqqoslash uchun: 2023 yil yakuniga ko`ra o`sish mos ravishda 39,6% va 26,9%, 2022 yil fevral-dekabrda esa 16,6% va 12,9% ni tashkil etgan.

Ikkilamchi bozorda uy-joy narxi bir yil davomida so`mda 6,3%, dollarda esa 1,8% oshdi. 2023 yilda o`sish 35,1% va 23%, 2022 yilda esa 27,7% va 23,3% ni tashkil etgan.

Regulyatorning fikricha, yangi uy-joylar narxlarining nisbatan yuqori o`sish sur`atlari uning xaridorlar orasida talabgirligi bilan izohlanadi, yangi binolar uchun berilgan ipoteka kreditlarining asosiy ulushi saqlanib qolgani ham bundan ham dalolat beradi. Ipoteka kreditlari bozorining birlamchi ulushi 2023 yildagi 59% dan 2024 yilda 66% gacha oshdi.

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning so`mdagi narxi atigi 2,5% oshib, 14,94 million so`mdan 15,32 million so`mgacha (9,8% dagi inflyasiya darajasidan past) o`sgan bo`lsa, 2023 yilda o`sish 42,8% va 29,8% ni tashkil etgan. Dollarda narxlar 1,8% — 1212 dan 1190 dollarga tushdi.

Toshkent viloyatida ikkilamchi uy-joy narxi so`mda 8,3% (44,4% edi), dollarda 3,7% oshgan.

Narxlar o`sishining eng yuqori sur`atlari Buxoro viloyatida — so`mda 14,7% va dollarda 9,9% (so`mda 38,8% edi), Surxondaryo viloyatida — 12,6% va 7,9% (so`mda 23,7%) qayd etildi.

Ijara

O`zbekistonda uy-joy ijarasi narxi o`rtacha 2,4% oshdi. Shu bilan birga, bozorda yil davomida narx o`sishining sekinlashish tendensiyasi kuzatildi.

Toshkent shahrida ijara to`lovlari 8,2% kamaydi. Biroq ba`zi hududlarda to`rtinchi chorakda o`sish kuzatildi.

Toshkent viloyatida uy-joy ijarasi narxi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 7%, Samarqand va Navoiy viloyatlarida 3,4%, Xorazm viloyatida 21,5% oshdi.

Farg`ona (-3,5%) va Buxoro (-5,4%) viloyatlarida yil yakunida narxlarning pasayishi kuzatildi.

Ijara stavkasi o`sishining sekinlashishi taklifning oshishi bilan «talabning normallashuvini aks ettiradi», deb ta`kidlaydi MB. Toshkent shahrida 2024 yilda taklifning oylik o`sishi 2−3% ni tashkil etgan bo`lsa, hududlarda taklif yanada sezilarli darajada oshdi.

Er narxi

Toshkent shahrida dekabr oyida 100 sotix erning (100 kv.m) o`rtacha qiymati 352 million so`mni tashkil etdi, bu o`tgan yilga nisbatan (362 million so`m) 2,9% kam. Narxlar o`tgan yilning ikkinchi yarmida barqarorlasha boshladi. 2022 yilda o`rtacha narx 263 million so`mni tashkil qildi.

Poytaxtdagi er uchastkalari hududlarga qaraganda ancha qimmatligicha qolmoqda. Masalan, Toshkent shahrida er narxi Toshkent viloyatidagidan 3,5 baravar qimmat (100 million so`m).

Toshkent shahri va Toshkent viloyati o`rtasida ikkilamchi uy-joylar narxidagi farq 1,8 baravar, Samarqand viloyati bilan esa 1,5 baravarga teng.

O`tgan yilning birinchi yarmi natijalariga ko`ra, uy-joy narxi yuqoriligicha qoldi — uning bozor narxi asosiy («ob`ektiv») narxdan 28% yuqori bo`ldi. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 barobar tezroq o`sdi. Buning fonda Markaziy ehtimoliy «korreksiya», ya`ni narxlarning pasayishiga ishora qildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар