O`zbekiston aholisining daromadlarida hududlar o`rtasidagi tabaqalanish kuchaydi

06.02.2025 13:33

2024 yilda O`zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion so`mga etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Statistika agentligi hisobotida aytilgan.

Umumiy daromad nima?

Umumiy daromad — aholi farovonligi darajasining asosiy ko`rsatkichlaridan biri. U nafaqat mehnat faoliyati va mustaqil ish bilan bandlikdan, balki mulkdan (foizlar, dividendlar, gonorarlar va boshqalar) hamda transfertlardan (pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, pul o`tkazmalari) olingan daromadlardan ham iborat bo`ladi. Aholi jon boshiga to`g`ri keladigan umumiy daromad ma`lum bir hududda (masalan, mamlakatda) aholi tomonidan olingan umumiy daromadning shu hudud aholisi soniga nisbatidir. Bu har bir fuqaroning o`rtacha qancha daromad olishini baholash va turli mintaqalar yoki mamlakatlarning turmush darajasini taqqoslash imkonini beradi.

Daromadlar yaxshilandi

Nominal ko`rinishda o`sish 18,5 foizga, real o`sish sur`ati esa (inflyasiyani hisoblamaganda) 8,1foizga etdi. 2023 yilda bu ko`rsatkichlar mos ravishda 15 foiz va 4,6 foizni tashkil etgandi, ya`ni daromadlarning o`sish sur`atlari yaxshilandi.

Yaxshilanish aholi jami daromadlarining bir qismi sifatida yakka tartibdagi bandlikdan olinadigan daromadlar norasmiy iqtisodiyotni hisobga olgan holda qayta ko`rib chiqilishi natijasida ro`y berdi, bu 26 trillion so`mga baholandi. Ushbu raqamlarni hisobiga 2023 yilda YaIM 1,19 kvadrillion so`m yoki 101,6 milliard dollargacha (avval — 1,06 kvadrillion so`m yoki 86,1 milliard dollar) o`sdi. YaIM 2024 yil uchun ham oshdi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 16,1foiz (inflyasiya hisobiga — 5,9 foiz) — yiliga 20 million so`mdan 24,1 million so`mgacha (oyiga 2 million so`m) oshdi. O`tgan yilning shu davrida o`sish 12,6 foiz va 2,4 foizni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga o`rtacha nominal umumiy daromadlar Toshkent shahrida o`rtacha respublika ko`rsatkichidan yuqori bo`ldi. Poytaxtda u 44,4 million so`mdan 60,6 million so`mgacha o`sdi, Navoiy viloyatida — 31,4 million so`mdan 38,1 million so`mgacha, Buxoro viloyatida — 23,5 million so`mdan 27,5 million so`mgacha, Toshkent viloyatida — 20,7 million so`mdan 25,1 million so`mgacha.

2023 yil oxirida Xorazm viloyati ham ro`yxatda edi, ammo o`tgan yili bu ko`rsatkich (23,4 million so`m) respublika bo`yicha o`rtacha darajadan pastroq bo`ldi.

Eng past ko`rsatkichlar Namangan viloyatida (16,85 million so`m), Qoraqalpog`istonda (16,86 million so`m) va Surxondaryo viloyatida (17,88 million so`m) qayd etildi. O`tgan yilga nisbatan Qoraqalpog`iston Namangan viloyatidan yuqoriroq bo`ldi.

Aholi jon boshiga daromadlarning eng yuqori real o`sishi Toshkent shahri (+15,4%), Navoiy (7,9%) va Toshkent (6,4%) viloyatlarida qayd etildi.

Surxondaryo, Namangan va Farg`ona viloyatlarida aholining real daromadlari biroz o`sdi — mos ravishda 0,2 foiz, 0,5 foiz va 1,1 foiz.

Hududlar o`rtasidagi tabaqalanish kuchaydi

Bir yil davomida eng boy uchta va eng kambag`al uchta hudud orasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,3 baravardan 2,4 barobargacha oshdi. Taqqoslash uchun: 2020 yilda bu farq 2,15 baravarga teng edi. Toshkent shahri va eng kambag`al mintaqa (Namangan viloyati) o`rtasidagi daromadlar farqi 3,32 dan 3,6 barobargacha oshdi.

Daromadlar tarkibida mehnat faoliyati ulushi (yollanma ishchilar va o`zini band qilganlar) 63,6 foizdan 62,8 foizga kamaydi. Yollanma ishchilarning daromadlari 2023 yildagi 16,4 foizga nisbatan 19 foiz, o`zini band qilganlarniki esa 17,5 foizga nisbatan 15,9% oshdi.

Transfertlar (pul o`tkazmalari, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalar)dan olingan daromadlar ulushi ham kamaydi — 26,5 foizdan 26 foizgacha. Ularning nominal o`sishi 13,7 foizni tashkil etdi (inflyasiya bilan — 3,9%).

Aholining umumiy daromadlarida xorijdan kelib tushgan pul o`tkazmalarining ulushi 16,9 foizdan 16,5 foizga kamaydi. Pul o`tkazmalari asosan Andijon (jami daromaddagi ulushi — 27,6%), Farg`ona (25,6%) va Xorazm (22,8%) viloyatlari aholisiga kelib tushyapti.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар