O`zbekistonda elektron xizmatlar ko`rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yilda 115,8 mlrd so`m soliq to`langan. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu ko`rsatkich 2023 yilga nisbatan 1,5 barobar ko`p.
Raqamlarga e`tibor qaratilsa, Meta kompaniyasi 2024 yil davomida 346 mlrd so`m ishlab topgan. Ushbu ko`rsatkich 2023 yilga nisbatan 44 foizga ko`p. Kompaniya 41,7 mlrd so`m soliq to`lagan.
Shuningdek, Google 240 mlrd so`m ishlab topdi. To`langan soliq miqdori qariyb 29 mlrd so`m.
Yana bir dunyo darajasidagi gigant kompaniya – Apple 227 mlrd so`m ishlab topdi. Turli film, shou va ko`rsatuvlar namoyishini ichiga olgan Netflix 6-pog`onada. Kompaniya 2024 yili 11,7 mlrd so`m ishlagan.
E`tiborga molik tomoni, O`zbekistonda foydlanish rasman cheklangan TikTok o`tgan yili qariyb 7,5 mlrd so`m ishlab topgan. Ushbu kompaniya qariyb 1 mlrd so`m soliq to`lagan.
Umuman olganda, to`langan jami soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko`rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to`g`ri keladi:
Meta — 41,7 mlrd so`m;
Google — 29 mlrd so`m;
Apple —27,3 mlrd so`m;
Amazon — 4,1 mlrd so`m;
Vooking.com — 3,6 mlrd so`m;
Netflix — 1,4 mlrd so`m;
Zoom — 1,4 mlrd so`m;
Acca — 1,2 mlrd so`m;
Xsolla — 966,7 mln so`m;
TikTok — 903 mln so`m.