Uzum market, Alif Shop, Asaxiy uz: Maishiy texnikalari eng ko`p nuqsonli chiqadigan elektron do`konlar ma`lum qilindi

29.01.2025 11:42

2024 yilda Raqobat qo`mitasiga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 foizi (1085 ta) ijobiy hal etilgan, deya xabar qildi qo`mita matbuot ximati.

Shikoyatlarning 14,3 foiz (190 ta) bo`yicha tushuntirish berilgan, 1,3 foiz (17 ta) vakolatli organlarga yo`naltirilgan va 33 ta murojaat ko`rib chiqilmoqda. O`zrganishlardan so`ng 423 iste`molchining huquqlari tiklandi, 88,9 million so`m iste`molchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million so`mlik mahsulotlar almashtirilishi ta`minlangan.

Elektron savdo maydonlarida ko`p muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 foiz) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bog`liq ekani aniqlangan.

Murojaatlar kesimida eng ko`p muammoli platformalar:

Uzum market — 39,6 foiz;
Alif Shop — 9,9 foiz;
Uzum Nasiya — 6,5 foiz;
ZoodMall — 6,0 foiz;
Asaxiy uz — 3,8 foiz;
IDEA — 2,5 foiz;
Hopshop — 2,1 foiz;
100K uz — 2,1 foiz.
Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi bo`yicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:

Openshop uz — 100 foiz;
Hopshop — 92,9 foiz;
Sello uz — 87,5 foiz;
Alijahon uz — 81,5 foiz;
ZoodMall — 81,0 foiz;
100K uz — 78,6 foiz;
Alif Shop — 67,2 foiz;
Uzum Nasiya — 66,3 foiz;
Uzum Market — 60,2 foiz.
Shu o`rinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati iste`molchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past ko`rsatkichni tashkil etmoqda:

Sandiqshop — 21,4 foiz;
Booknomy — 28,6 foiz.
«Qo`mita tomonidan ommaviy ofertalarni qonunchilikka moslashtirish, elektron savdo ishtirokchilarining malakasini oshirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu sa`y-harakatlar iste`molchilar uchun qo`shimcha qulaylik yaratish va bozor raqobatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda», — deyiladi qo`mita xabarida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар