Ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov bilan sodir bo`lgan yo`l transport hodisaning ishtirokchisi Bobir Mamatov ushbu YTHning qanday sodir bo`lganligini Korrespondent uz yutub kanaliga batafsil so`zlab berdi.
13 fevral kuni Pushkin metrosining atrofida kechki soat 18:00 - 18:30 larda sodir bo`lgan YTH Otabek Umarov motosikli bilan kelib urilgan Epika avtomobilining egasi Bobir Mamatov bo`lgan.
"GAI xodimlari keldi, olib ketdi" degan xabarlarning barchasi yolg`on hisoblanadi, - dedi B.Mamatov - Asosiysi, meni o`lganim ham yolg`on. Ollohga ming shukur men soppa-sog`man.
Ijtimoiy tarmoqlarda o`zim haqimda turli yolg`on ma`lumotlarni eshitdim, o`qidim. Rostini aytsam, Otabek Umarovni o`zim mashinamda kasalxonaga olib borganman. U xavotir oladigan darajada og`ir jarohatlanmagan edi.
Otabek Umarovning yaqinlari bergan ma`lumotga ko`ra, u hozirda Janubiy Koreyada davolanmoqda. Shu kunga qadar ikki haftalik karantinda saqlangan. Bugun jarrohlik operasiyasi o`tkazilgan.