Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Prezidentligi lavozimiga o`tgan ilk kunlarda Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan yirik dastur — Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko`p qavatli uy qurish loyihasini boshlagan edi.
Ushbu uylar kam ta`minlangan aholi uchun mo`ljallab qurilishi va imtiyozli ipoteka kredit asosida berilishi maqsad qilingan.
Ayni kunda o`n minglab aholi ushbu uylarda istiqomat qilishmoqda. Ajablanarlisi shuki, Sergelidagi kam ta`minlanganlar uchun qurilgan ko`p qavatli uylar oldidagi manzara odamni hayollarini butunlay boshqa tarafga etaklaydi. Aniqrog`i, boylar mahallasiga kelib qolgandek his qilasiz o`zingizni.
Kambag`allar narida tursin, hatto bundayroq boylar ham havas qiladigan Sergelining tungi manzarasiga bahoni o`zingiz bering.