O`zbekistonda onlayn qimorga mukkasidan ketganlarning o`yinlardagi ishtiroki cheklanadi

15.01.2025 10:27

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kecha bo`lib o`tgan yig`ilishida «O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o`qishda moddama-modda ko`rib chiqildi. 

Hujjatda tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni tartibga solish maqsadida mazkur sohani lisenziya asosida amalga oshirish, ushbu o`yinlarda ishtirok etishi taqiqlangan fuqarolar toifalarini belgilash, o`yinlarga qaram bo`lgan shaxslar ro`yxatini yuritish, bukmekerlik faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari kabi qoidalar ko`zda tutilgan.

Ta`kidlanishicha, muhokamalar davomida deputatlar lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish bo`yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, aholi o`rtasida bunday o`yinlar keng tarqalayotganiga alohida e`tibor qaratgan.

Xabarga ko`ra, qonun loyihasida internet jahon axborot tarmog`idagi tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarning huquqiy jihatdan tartibga solish, o`yinlarga haddan tashqari qaramligi qayd etiladigan fuqarolarning o`yinlardagi ishtirokini cheklash mexanizmlarini joriy etish hamda bu borada xorijiy va noqonuniy servislardan foydalanishni cheklashga qaratilgan huquqiy normalar belgilangan.

Deputatlarning ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi kapital va sug`urta bozorini yanada rivojlantirish, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazilishini tartibga solishga xizmat qilishi haqida ham fikr bildirishgan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o`qishda qabul qilingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар