2024 yil davomida davlat xaridlari tizimida 263,9 milliard so`mlik noqonuniy xarid natijalari bekor qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi (https://t.me/antikor_uzb/3203).
Monitoringlar 552,5 milliard so`mlik 273 ta xaridni qamrab oldi, 234 ta holatda qonunga zid harakatlar aniqlandi.
O`rganish natijalari yakunlari bo`yicha vazirlik va idoralarga 257 ta xaridni bekor qilish bo`yicha taqdimnomalar kiritildi.
Xususan, Sog`liqni saqlash vazirligiga 52 ta shunday murojaat yuborilgan, Transport vazirligiga — 30 ta, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga — 23 ta. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida 32 ta noqonuniy xaridlar aniqlandi.
Bundan tashqari, xaridlar natijalari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so`rovnoma yuborildi.
Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma`muriy, 85 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.