O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo`limi matbuotga javob berdi
Internet olamidagi turli saytlarda, telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda har xil yo`nalishdagi kanallar mavjud. Bu kanallarga postlar qo`yiladi, turli pullik reklamalar tarqatiladi. Tarmoq egalarida shuning ortidan moddiy manfaatdorlik bo`ladi. Kanal yuritayotganlarning shu topayotgan pullari halolmi?. Umuman internet orqali shunday pul topish qanchalik to`g`ri?
Shu kabi savollarga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo`limi matbuotga javob qaytardi.
“Agar sayt va kanallarda fahsh suratlar, videolar, Alloh harom qilgan ichkiliklar, tamaki mahsulotlari va inson hayotiga xavf soladigan narsalar reklama qilinmasa, sayt orqali reklama berib, pul topish joiz. Alloh taolo Qur`oni karimda shunday marhamat qilganlar: “Ezgulik va taqvo(yo`li)da hamkorlik qilinglar, gunoh va adovat(yo`li)da hamkorlik qilmanglar! Allohdan qo`rqinglar! Albatta, Alloh azobi qattiq azobdir” ("Moida" surasi, 2-oyat).
,