“Biznesni rivojlantirish banki” 7 trillion 300 milliard so`m kredit ajratdi

27.12.2024 10:26


 Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tkazilgan brifingda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ma`lum qildi. 


Respublikaning 14 ta hududida bank tomonidan tashkil qilingan “Kichik biznesga ko`maklashish xududiy markazlari”da  56 mingdan ortiq tadbirkor o`qitildi. 


Tadbirkorlarga yaratilgan qulay va jozibador 10 turdagi moliyaviy instrumentlar orqali bugungi kunga qadar “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etgan 49 077 nafar tadbirkorga 4 trln. 800 mlrd. so`mlik, shu jumladan, Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 17 673 nafar tadbirkorga 1 trln. 735 mlrd. so`mlik kredit mablag`lari ajratildi. 


“Biznesni rivojlantirish banki”ga respublika bo`yicha biriktirilgan 649 ta mahallalarda jami 1  trln. 500 mlrd. so`m kredit ajratilib, 473 ming nafar aholi bandligi ta`minlandi. Shundan 70 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi va 403 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.


Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 3992 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 21 ming 800 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 672 mlrd. so`m kredit ajratildi. Natijada 40 102 nafar aholi bandligi ta`minlandi. 


“Uychi tajribasi” asosida 608 ta uchrashuvlar o`tkazilib,  6 900ta murojaatlar ko`rib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 12 600 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. 


Ayollar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida 18 866 nafar  ayollarga 919 mlrd. 800 mln. so`m kredit mablag`lari ajratildi. Bankka biriktirilgan mahallalarda 1868 nafar ayol tadbirkorlarga 122 mlrd 900 mln. so`m miqdorida bank krediti yo`naltirildi. Buning samarasi o`laroq, 3 862 ta yangi ish o`rinlari vujudga keldi. 


Umuman olganda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan shu kunga qadar 7 trln. 300 mlrd. so`m kredit ajratildi.
Bank tomonidan tadbirkorlarni o`qitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tatbiq etilmoqda. Bu yo`nalishda Yamagata universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. O`zaro kelishuv doirasida yaponiyalik professorlar bilan hamkorlikda 10 ming nafar tadbirkor “Biznes portal” elektron platformasi orqali o`qitildi.


Ko`rsatilgan moliyaviy ko`maklar natijasida o`zini-o`zi band qilgan 18 284 nafar jismoniy shaxslardan 12 794 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazildi va 5 490 nafari yuridik korxona maqomini oldi.
Dasturda ishtirok etgan 16 867 ta yakka tartibdagi tadbirkorlardan 1 100 nafari mas`uliyati cheklangan jamiyat sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. 

Reklama huquqi asosida
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар