Bugungi kunda bitiruvchilarning 44,7 foizi ishsiz

17.12.2024 14:26

AOKAda o`tkazilgan brifingda kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitovning ma`lum qilishicha, joriy yilning dekabr oyi holatiga ko`ra, 194 417 nafar oliy ta`lim muassasalari bitiruvchisidan 113 856 nafarining bandligi ta`minlangan.

Qayd etilishicha, 147 900 nafar professional ta`lim muassasalari bitiruvchisidan 74 403 nafarining bandligi ta`minlangan. Joriy yilda maktabni tamomlagan 411 671 nafar bitiruvchidan 228 422 nafarining bandligiga ko`maklashilgan.

Bugungi kunda ishsiz bo`lgan 337 307 nafar (44,7 foiz) bitiruvchini ishga joylashtirish bo`yicha mavjud imkoniyat va zaxiralar ishga solingan. Joriy yilda 24 545 nafar muddatli harbiy xizmatni o`tagan yoshlarning 1 279 nafari harbiy qismda qolib shartnoma asosida xizmatni davom ettirmoqda. Ularning 17 787 nafarining doimiy ishga joylashtirish orqali bandligi ta`minlangan.

2 105 nafar harbiy xizmatni o`tab qaytgan yoshlar bugungi kunda norasmiy band hisoblanadi. 216 nafari kasb-hunarga tayyorlash markazlarida qisqa muddatli kurslarda o`qitilib, bandligi ta`minlangan. 907 nafar yoshlar chet-elga chiqib ketishi, vafot etishi va boshqa qator sabablarga muvofiq hisobdan chiqarilgan.

Bandlikka ko`maklashish davlat maqsadli jamg`armasi hisobidan Bandlik bo`limlarida ishsiz sifatida ro`yxatga olingan yoshlar ijtimoiy himoyaga olinib, ishga joylashgan kunga qadar ishsizlik nafaqasi to`lanadi. Xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan imzolangan hamkorlik kelishuvlari doirasida qishloq xo`jaligi, qurilish, mehmonxona xizmati, yuk avtomobili haydovchisi va boshqa sohalarda xorijiy davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda yuboriladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар