Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o`rtacha ijara narxlari tahlil qilindi. Mazkur davrda poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar uchun o`rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo`lsa, to`liq ta`mirlangan xonadonlar uchun o`rtacha narxlar deyarli o`zgarmadi.
O`rtacha ta`mirlangan uy-joylar ijarasi
2024 yilning noyabr oyida o`rtacha ta`mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o`rtacha ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o`rtacha ijara narxida esa bir oz (0,8 foizga) ko`tarilish kuzatildi.
O`rtacha ta`mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
Sergeli (1 xonali - 298 dollar, 2 xonali – 360 dollar, 3 xonali – 404 dollar, 4 xonali - 411 dollar);
Olmazor (1 xonali – 330 dollar, 2 xonali – 364 dollar, 3 xonali – 463 dollar, 4 xonali – 479 dollar).
eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod (1 xonali – 378 dollar, 2 xonali – 516 dollar, 3 xonali – 680 dollar, 4 xonali – 865 dollar);
Yakkasaroy (1 xonali – 367 dollar, 2 xonali – 488 dollar, 3 xonali – 668 dollar, 4 xonali – 743 dollar).
To`liq ta`mirlangan uy-joylar ijarasi
Mazkur davrda to`liq ta`mirlangan 2 xonali (559 dollar) va 3 xonali (733 dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o`zgarishsiz qolgan bo`lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo`lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o`rtacha 0,9 foizga pasaydi.
To`liq ta`mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari:
Sergeli (1 xonali – 331 dollar, 2 xonali – 410 dollar, 3 xonali – 509 dollar, 4 xonali – 587 dollar);
Uchtepa (1 xonali – 353 dollar, 2 xonali – 450 dollar, 3 xonali – 554 dollar, 4 xonali – 688 dollar).
eng qimmat ijara narxlari:
Mirobod (1 xonali – 479 dollar, 2 xonali – 718 dollar, 3 xonali – 984 dollar, 4 xonali – 1313 dollar);
Shayxontohur (1 xonali – 520 dollar, 2 xonali – 730 dollar, 3 xonali – 1032 dollar, 4 xonali – 1258 dollar).
O`zbekistonda uy-joy bozori