2024 yilning fevral oyidan Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Akmalovich Muratov Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot uchun, A. Muratov 2020 yil avgust oyidan 2023 yil oktyabr oyiga qadar Biznesni rivojlantirish banki (sobiq Qishloq qurilish banki") da boshqaruv raisi sifatida, undan oldin esa boshqaruv raisi o`rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan Zafar Azimovning yuqoridagi vazirlikka vazirning birinchi o`rinbosari etib tayinlangan edi. Sentbr oyida Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga yana bir bank sohasi mutaxassisi, Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan Botir Zohidov tayinlangan edi.