O`zbekiston issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yil davomida 2 marotaba oshirish ko`zda tutilgan. Bu haqda Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi boshqarma boshlig`i Ilhom To`raev ma`lum qildi.
Ilhom To`raevning aytishicha, joriy yil davomida viloyatlarda bir marotaba va poytaxtda esa ikki marotaba tarif narxlari oshirilgan.
Keyingi yildan tarif narxlari viloyatlarda ham ikki marotaba oshadi. Chunki to`lovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiya bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun biz narxlarni qayta ko`rib chiqishimiz kerak. Bunda nafaqat narxlarni, to`lov tizimni ham qayta ko`rish lozim.
To`lov tizimlari bo`yicha Koreya va qo`shni davlatlar tajribasini o`rganib chiqdik. Ko`pchilikda “Men uyda yashamasam, issiqlikka to`laymanmi yoki to`lamaymanmi?”, degan savol tug`iladi. Koreyada telefon abonent to`lovi kabi tizimdagi hamma narsa to`lov xizmat ilovalari orqali to`lanadi. Lekin uyning minimal issiqligini saqlab turish uchun abonent to`lovi olinadi. Biz tarif siyosatini to`g`ri yurisak, o`shanda narxlarni oshish yoki oshmasligi hal bo`ladi, dedi vazirlik mas`ul xodimi.
Uning qo`shimcha qilishicha, 2025 yilda tariflar ikki marta — o`n besh foizdan oshishi mumkin.