“Biznesni rivojlantirish banki”da ochiq eshiklar kuni bo`lib o`tdi

04.12.2024 17:49

Bugun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Sergeli bank xizmatlari markazida “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag`ishlangan ochiq eshiklar kuni o`tkazildi.  

Tadbirda bank boshqaruvi rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, bank mijozlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.  

Tadbirda bank tizimida korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar, xodimlarning malakasini oshirish bo`yicha o`quvlar hamda xalqaro standartlarga mos sertifikatlar qo`llanishi bo`yicha tafsilotlar muhokama qilindi. ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini qo`llash orqali shaffoflik va adolatli boshqaruvga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.  

Shuningdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va ish jarayoniga ta`siri haqida ham fikr bildirildi. 2 733 nafar xodimning huquqiy savodxonligini oshirish bo`yicha o`quv seminarlari tashkil etilgani, shuningdek, yuqori lavozimli 23 nafar xodim maxsus kurslarda o`qitilgani aytildi.  

Bank jamoasi vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa`y-harakatlarni yanada kuchaytirishga tayyorligini bildirishdi.

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар