Xizmat ko`rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ichida eng ko`p soliq to`layotgani qaysi?

02.12.2024 09:01

O`zbekistonda 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanuvchi 167 629 ta yuridik shaxs tomonidan 28,8 trln so`mdan ortiq soliq to`langan. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan, 5,7 trln so`mdan ortig`i, ya`ni 20 foizi 20 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi.

Ularning jami tovar aylanmasi 61,9 trln so`mni, qo`llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 4,3 trln so`mni tashkil etgan. Ushbu 20 ta soliq to`lovchi tomonidan ta`minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS – 1,5 trln so`m; 
foyda solig`i – 1,4 trln so`m; 
aksiz solig`i - 811,1 mlrd so`m;
JShODS - 693,4 mlrd so`m;
ijtimoiy soliq - 684 mlrd so`m;
mol-mulk solig`i - 235,3 mlrd so`m;
er solig`i - 85,9 mlrd so`m;
boshqa soliqlar - 298 mlrd so`m.
2024 yil yanvar-oktyabr oylarida savdo faoliyati bilan shug`ullanuvchi 147 723 ta yuridik shaxs tomonidan 20,4 trln so`mdan ortiq soliq to`langan. Shundan, 2 trln so`mdan ortig`i, ya`ni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi.
 

Ularning jami tovar aylanmasi 43,9 trln so`mni, qo`llagan soliq imtiyozlari esa 469,8 mlrd so`mni tashkil etgan. Ushbu 20 ta soliq to`lovchi tomonidan ta`minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS – 801,7 mlrd so`m; 
foyda solig`i – 479,1 mlrd so`m; 
aksiz solig`i - 339,8 mlrd so`m;
JShODS - 249,9 mlrd so`m;
ijtimoiy soliq - 128,2 mlrd so`m;
mol-mulk solig`i - 36,3 mlrd so`m;
boshqa soliqlar - 6,7 mlrd so`m.

Yanvar-oktyabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug`ullanuvchi 19 514 ta yuridik shaxs tomonidan 1 trln so`mdan ortiq soliq to`langan. Shundan, 182,9 mlrd so`mi, ya`ni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi.  Ularning jami tovar aylanmasi 2,7 trln so`mdan oshgan, qo`llagan soliq imtiyozlari esa 56,4 mlrd so`mni tashkil etgan. Ushbu soliq to`lovchilar tomonidan ta`minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS – 80 mlrd so`m; 
JShODS - 55,5 mlrd so`m;
foyda solig`i – 39,1 mlrd so`m; 
boshqa soliqlar - 8,3 mlrd so`m.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар