Hududlardagi bir qator mas`ullarga intizomiy jazo qo`llanildi.
Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo`yicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yo`l qo`ygani hamda nazoratni ta`minlamagani uchun Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobod tumani hokimi O.Raxmonqulov, Bo`stonliq tumani hokimi J.Axmedov, Bekobod tumani hokimi Sh.Do`sbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyo`l tumani hokimi O.Ataullaev, Qo`qon shahar hokimi M.Usmonov, Bog`dod tumani hokimi G`.Soliev, Beshariq tumani hokimi R.Jo`raev, So`x tumani hokimi S.Saidmusaev, Furqat tumani hokimi E.Asronkulovga hayfsan berildi.
Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yo`l qo`ygani uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi suv xo`jaligi vaziri B.Juzbaev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari G`.Murodxo`jaev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari O.Sultanbekov, Andijon tumani hokimi B.Yuldashev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirovga hayfsan e`lon qilindi.
Bundan tashqari, hududlarda aholiga ko`mir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko`mir tarqatish kabi holatlar juda ko`p kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun "O`zbekko`mir" AJ bosh direktori o`rinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi.
Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga ko`rsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora ko`rish hamda natijalari to`g`risida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirildi.