Prezident qishloq xo`jaligi bo`yicha mas`ullar ishini tanqid qildi

28.11.2024 17:43



Yig`ilishda Prezident ayrim viloyat, tuman hokimlari, qishloq xo`jaligi bo`yicha o`rinbosarlar ishni to`g`ri tashkil qilmagani uchun mahsulot va eksport hajmida katta o`zgarish sezilmayotganini ta`kidladi.

Jumladan, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida o`sish sur`ati  ularning imkoniyati va sharoitiga mutlaqo mos emasligi qayd etildi. Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining eksporti o`tgan yilgi ko`rsatkichga etmayapti.

Shuningdek, 64 ta tumanda eksport o`tgan yilga nisbatan kamaygan bo`lsa, shundan 17 tasida 50 foizga ham etmagan. 

Dala chetlariga ekin ekishda bo`yicha kamchiliklar:

Qoraqalpog`istonda dala chetidagi 2,1 ming gektar, Farg`onada 1,2 ming, Samarqandda 826, Buxoroda 784, Qashqadaryoda 247 gektar erlar ishlatilmasdan yotgani; 

Ba`zi joylarda dehqonlarga sifatsiz urug` sotilgan, zararkunandaga qarshi berilayotgan dorilar ham talabga javob bermasligi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo`jaligi vazirligi va O`simliklar karantini agentligiga hokimlar, eksportchi, tajribali klaster, kooperasiya va fermerlar bilan birgalikda oziq-ovqat ekinlarining urug`i, ko`chati, dorisi, o`g`iti bo`yicha ishlashning yangi tizimini ishlab chiqish topshirildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар