Endi toshkentda jamoat transporti aholiga uzluksiz xizmat qiladi

28.11.2024 13:06

O`zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

2025 yil 1 fevraldan boshlab tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirishga qaratilgan ishchi guruh tashkil etish;

har juma va shanba kunlarida dam olish maskanlarni 24/7 rejimida uzluksiz ravishda ishlashini ta`minlash va tunda faoliyat olib boruvchi maskanlarning ish vaqti bilan bog`liq cheklovlarni bekor qilish;

Toshkent shahrida turistik salohiyatga ega hududlarni belgilab ushbu hududlarda tungi faoliyat zonalarini tashkil qilish;

tungi iqtisodiyot rivojlantirilishi rejalashtirilgan shaharlarning har birida jamoat transportini 24 soatlik rejimga o`tkazish;

"Tungi Toshkent" elektron platformasini ishlab chiqish;

belgilangan muayyan hududlarni modernizasiya qilish, ko`chalarda yoritish tizimini kuchaytirish hamda aholi va turistlar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni loyihasi hamda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish va lisenziyalar berish tartibini isloh qilishni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар