Oliy sud O`zbekistonda 2024 yilning 10 oyida oilalarda kuzatilgan zo`ravonliklar sonini ochiqladi.
10 oy, ya`ni yanvar—oktyabr oylari davomida mamlakatda 15 427 nafar shaxs oiladagi zo`ravonlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan. Ularga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 59−2-moddasi qo`llangan. Shundan 9 210 nafariga jarima jazosi, 6 217 nafariga esa ma`muriy qamoq jazosi qo`llanilgan.
Mazkur moddaga ko`ra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro`zg`or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo`lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta`lim olish, sog`liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to`sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast etkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog`lig`ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha`ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo`rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo`yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo`lmasa, BHMning 10−20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi.
399 nafar shaxs oiladagi zo`ravonlik uchun Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi bilan sudlangan. Ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Jinoyat kodeksiga ko`ra, mazkur moddada bilan xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro`zg`or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo`lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta`lim olish, sog`liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to`sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast etkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog`lig`ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha`ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo`rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo`yish, shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilishi, shuningdek, basharti boshqa jinoyat alomatlari nazarda tutiladi.