To`qqiz oyda davlat byudjeti eng ko`p nimalarga sarflandi?

27.11.2024 08:48

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9 oylik byudjet ijrosi bo`yicha ma`lumot berdi (https://t.me/minecofinuz/10493). Hisobot davrida konsolidasiyalashgan byudjet daromadlari 272,1 trln so`mni, xarajatlari esa 307,9 trln so`mni tashkil etgan. Taqchillik – 35,8 trln so`m.

Yanvar–sentyabr oylarida konsolidasiyalashgan byudjet taqchilligi 36 trln so`m, mahalliy bIqtisodiyot va moliya vazirligi 9 oylik byudjet ijrosi bo`yicha ma`lumot berdi.

Hisobot davrida konsolidasiyalashgan byudjet daromadlari 272,1 trln so`mni, xarajatlari esa 307,9 trln so`mni tashkil etgan. Taqchillik – 35,8 trln so`m.

Daromadlar qaysi manbalardan shakllanmoqda?

Yanvar—sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 193,6 trln so`mni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga o`sgan. Daromadlar quyidagi manbalar hisobidan shakllangan:

bevosita soliqlar – 64,1 trln so`m;
bilvosita soliqlar – 62,3 trln so`m;
resurs to`lovlari va mulk solig`i – 26,5 trln so`m;
boshqa daromadlar – 40,7 trln so`m.

Davlat byudjeti nimalarga sarflanmoqda?

Hisobot davrida davlat byudjeti xarajatlari 219,3 trln so`m bo`lgan va o`tgan yilning 9 oyiga nisbatan xarajatlar 8,9 foizga oshgan. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnif bo`yicha ijrosi quyidagicha bo`lgan:

ish haqi – 71 trln so`m;
kapital qo`yilmalar – 9,4 trln so`m;
asosiy vositalar xarid qilish bo`yicha xarajatlar – 3,3 trln so`m;
subsidiyalar – 19,8 trln so`m;
ijtimoiy nafaqalar – 13,6 trln so`m;
transfertlar – 23,4 trln so`m;
ijtimoiy ajratmalar – 17,7 trln so`m;
tovar va xizmatlar xarid qilish – 18 trln so`m;
foiz to`lovlari – 9,6 trln so`m.

Mahalliy byudjetlarning moliyaviy holati

2024 yilning 9 oyida mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari o`rtasidagi salbiy farq 19,9 trln so`mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida eng katta defisit Andijon viloyatida qayd etilgan. Viloyatda mahalliy byudjet daromadlari 2,72 trln so`m, xarajatlari esa 4,84 trn so`m, defisit 2,12 trln so`m bo`lgan. Keyingi eng yomon ko`rsatkichlar Farg`ona (taqchillik – 1,96 trln so`m) va Namangan (taqchillik – 1,83 trln so`m) viloyatlarida kuzatilgan.

Eng kam taqchillik Navoiy viloyatida shakllangan – 581 mlrd so`m.

Defisitni qoplash uchun ajratilgan byudjetlararo tartibga soluvchi transfertlarning eng katta qismi quyidagi hududlarga berilgan – Andijon viloyati (1,68 trn so`m), Qoraqalpog`iston Respublikasi (1,66 trln so`m) va Namangan viloyati (1,62 trln so`m).

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар