O`FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi tomonidan futbol sohasidagi korrupsion holatlar o`rganilmoqda, deyiladi O`FA saytida.
O`rganishlar natijasida O`zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya`ni bir qator futbol o`yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta`sir o`tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan bir qator futbol hakamlari aniqlandi.
Natijada:
- FIFA, OFK hakami J.Y.Muxtorov bir qator futbol o`yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta`sir o`tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 5 (besh) yil muddatga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatildi hamda 90 000 000 (to`qson million) so`m jarimaga tortildi;
- O`FA Bosh hakami T.N.To`xtasinov bir qator futbol o`yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta`sir o`tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 2021 yilgi futbol mavsumida hakamlik qilishdan chetlatildi va 10 000 000 (o`n million) so`m jarimaga tortildi;
- O`FA Bosh hakami A.S.Nadjafaliev O`zPFL musobaqalarini o`tkazish bilan bog`liq real faktlarni buzib ko`rsatishga uringanligi uchun 2020 yil futbol mavsumi oxirigacha hakamlik qilishdan chetlatildi va 70 000 000 (etmish million) so`m jarimaga tortildi.
Shu jumladan, qo`mita qarorlari bilan mazkur holatlarga aloqador bir nechta yordamchi hakamlar, nazoratchilar, hamda futbol klublari mas`ullari tegishli jarimalarga tortildi.