2024 yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida “Lacetti”, “Damas”, “Labo” narxlari pasayishda davom etdi. "Spark" o`rtacha narxlari biroz ko`tarilgan bo`lsa, “Cobalt” va “Nexia” narxlarida deyarli o`zgarish kuzatilmadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan qilingan avtomobil narxlari tahlilida aytildi (https://t.me/ifmr_public/5557).
Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari
Joriy yilning oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko`p foydalanilgan “Lacetti”, “Damas”, “Labo” avtomobillar o`rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5%, 6,3% va 2,0%ga pasaygan bo`lsa, o`rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3%, 0,6% va 3,5%ga arzonladi. Ko`p foydalanilgan “Spark” avtomobilining o`rtacha narxi 2,2%ga, o`rtacha foydalanilgani 2,9 %ga oshgan bo`lsa, “Cobalt” va “Nexia” narxlarida sezilarli o`zgarish kuzatilmadi.
Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o`rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:
“Lacetti”: kam foydalanilgan — $15 236 ($15 452), ko`p foydalanilgan — $13 300 ($13 500);
“Damas”: kam foydalanilgan — $8 250 ($8 300), ko`p foydalanilgan — $7 500 ($8 000);
“Spark”: o`rtacha foydalanilgan $10 500 (sentyabr oyida — $10 200), ko`p foydalanilgan — $9 200 ($9 000).
Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari
Joriy yilning oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan “Equinox” narxlari sezilarli o`zgargan bo`lsa, “Malibu” va “Tracker” narxlari deyarli o`zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o`rtacha foydalanilgan “Equinox”ning o`rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5% va 6,3%ga arzonlagan bo`lsa, ko`p foydalanilgani 1,9%ga oshdi.
“Equinox” uchun oktyabr oyida taklif qilingan o`rtacha narxlar quyidagicha:
kam foydalanilgan — $33 000 ($33 500), o`rtacha foydalanilgan — $30 000 ($32 000); ko`p foydalanilgani — $27 000 ($26 500).
Elektomobil narxlari
Joriy yilning oktyabr oyida elektromobillar narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, “BYD Han” avtomobilining ko`p foydalanilgani o`rtacha narxi 10,2% ga, o`rtacha foydalanilgani 2,6% ga hamda yangisi 2,2% ga pasaydi. “BYD Song Plus EV Chempion”ning o`rtacha foydalanilgani 7,5%ga, yangisi 1,2%ga arzonlashdi.
Elektomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o`rtacha narxlar quyidagicha:
“BYD Han”: ko`p foydalanilgan — $31 450 ($35 000), o`rtacha foydalanilgan — $37 000 ($38 000);
“BYD Song Plus EV Chempion”: o`rtacha foydalanilgan — $27 500 ($29 750); yangi — $29 000 ($29 350).
Shuningdek, “Malibu” va “Tracker”ning narxiga ularning bosib o`tgan masofasi yuqori darajada ta`sir etib, ishlab chiqarilgan yili katta ta`sir etmasligi aniqlandi.