1,1 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

13.11.2024 09:05

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O`. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog`iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Xabarga ko`ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarda elektr ta`minoti korxonasiga 1 mlrd 160 mln so`mlik zarar etgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар