Har yili dunyoning yarmidan ko`p bolalari zo`ravonlikka duchor bo`ladi — JSST

09.11.2024 18:55



Har yili dunyoning yarmidan ko`p bolalari, ya`ni 1 milliarddan ortiq bola zo`ravonlikka duchor bo`ladi. Bu haqda kecha, 8 noyabr kuni Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) bolalarga nisbatan zo`ravonlikning oldini olishga bag`ishlangan birinchi global vazirlar konferensiyasida ma`lum qilindi.

BMTning 2024 yilgi hisob-kitoblariga ko`ra, dunyoda 15 yoshgacha bo`lgan 2,04 milliard bola bor. Voyaga etmaganlar umumiy aholining taxminan 25 foizini tashkil etadi. 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, har yili dunyoning yarmidan ko`p (1 milliarddan ortiq) bolalari zo`ravonlikka uchraydi. Konferensiya yakunlariga bo`yicha 100 dan ortiq davlat bolalarga nisbatan zo`ravonlikning oldini olish bo`yicha majburiyatlar olgan, 9 davlat esa jismoniy jazoni taqiqlashni va`da qilgan.

Asosiy statistik ma`lumotlar:

har yili 2 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan bolalarning yarmidan ko`pi zo`ravonlikning turli shakllariga duch keladi. Bu 1 milliarddan ortiq bolani tashkil etadi;
har uch boladan ikkisi uyda doimiy ravishda jismoniy jazoga tortilgan;
har beshinchi qiz va har ettinchi o`g`il bola jinsiy zo`ravonlikka uchraydi;
25 foizdan 50 foizgacha bolalar tahqirlashning qurboni bo`ladi;
o`g`il bolalar o`rtasida zo`ravonlik ko`pincha o`qotar yoki boshqa qurol ishlatilgan holda sodir bo`ladi va bu o`limning asosiy sababi hisoblanadi.

Konferensiya yakunlariga ko`ra, 2030 yilgacha bolalarga nisbatan zo`ravonlik darajasini kamaytirish maqsadida davlatlar uchun maqsad va vazifalar belgilangan hujjat qabul qilindi. Burundi, Chexiya, Gambiya, Qirg`iziston, Panama, Shri-Lanka, Uganda va Tojikiston hukumatlari har qanday sharoitda bolalarga nisbatan jismoniy jazoni taqiqlashga majburiyat oldi. Nigeriya hukumati maktablarda jismoniy jazoni taqiqlashni va`da qilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар