Toshkentning ikki tumanidagi 3500 xonadonda gaz o`chirildi

08.11.2024 21:56



Ekskavator gaz quvuriga shikast etkazishi natijasida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatildi. 

Bu haqda Hududgazta`minot AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasida qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator ish jarayonida o`rta bosimli gaz quvurini uzib yuborgan.

Buning oqibatida, Yakkasaroy tumanida joylashgan ko`p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta erli xonadon, shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko`chalari iste`molchilari vaqtincha tabiiy gaz tarmog`idan o`chirildi.

Ta`mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta`minoti bosqichma-bosqich tiklanadi, deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар